"Oltiariq-Agro Star" MCHJ — 2025-yil 14-fevraldagi PQ-57-sonli Prezident qaroriga muvofiq tashkil etilgan agrokompaniya bo‘lib, xalqaro standartlarga mos ravishda uzum yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Kompaniya zamonaviy issiqxonalar, energiya tejamkor texnologiyalar hamda malakali agronomlar bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda. Tayyor mahsulotlar muzlatiladi, qadoqlanadi va brend ostida Rossiya hamda Yevropa bozorlariga eksport qilinadi. Kompaniya dehqonlar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi: ularga sifatli urug‘ va o‘g‘itlar, agronomik maslahatlar bilan yordam beradi
Mahsulotlar xalqaro standartlarga moslab eksport qilinadi.
Hosil yig‘imi, qadoqlash, sovutish va logistika to‘liq tashkil etiladi.
Fermerlar va yur.shaxslar uchun “Tomorqa biznesi” kreditlari beriladi.
Malakali agronomlar kuzatuv va tavsiyalar bilan ishlaydi.
Dehqon va fermerlarga mos navli urug‘ va ko‘chatlar taqdim etiladi.