Oltiariq-Agro Star” MCHJ tomonidan tashkil etilayotgan “Uzumchilik agromajmua”ga 04.10.2025 yil kuni Prezident adminstratsiyasidan Bobur Botirovich Xodjayev tashrif buyurdi.
✅Tashrif davomida “Uzumchilik agromajmua”da olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
✅“Agromajmua” amalga oshirilayotgan demonstratsion loyixa jumladan: “Uzumchilik o‘quv maktabi”, “Fitosanitariya labaratoriya”, 3.75 uzumchilik plantatsiyasi, jaxon bozori talablariga javob beradigan urug‘siz navdagi yangi kasalliklarga chidamli uzum ko‘chatlari yetishtirish, “Karantin xizmati”, 2000 tonnalik muzlatgichli omborxonada axoli tomonidan yetishtirilayotgan uzum maxsulotlarni markazlashgan xolda “UZ-GRAPE OLTIARIK” brendi ostida “Oltiariq agro star” MCHJ tomonidan eksport qilish loyixalari bilan tanishtirildi.
✅ Qurilish maydoni bilan tanishilgandan so‘ng, qurilish jarayoni bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar bo‘yicha o‘z tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.
