♻️“Oltiariq-Agrostar” MCHJ mutaxassislari 04.06.2025 yil kuni Oltiariq tumanidagi Uzumchi, Zarxal, Ko‘mirchi maxallasida yashovchi dexqonlarga jaxon bozori talablariga mos keladigan uzum navlari yetishtirish bo‘yicha "Uzumchilik maktabida"  o‘quv seminar o‘tkazildi. 
📝 Tashkil etilgan o‘quv seminarda 
"Oltiariq agro star" MCHJ tomonidan o‘quv seminarda yangi uzum navlarini ko‘paytirish maqsadida bugungi kundagi jaxon bozori talablaridagi uzum navlari bo‘yicha tushunchalar berildi xamda bu bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan “ARRA” kompaniyasi bilan xamkorlikni yo‘lga qo‘yish jarayonida turganlikni xamda kelgusida uzumchilikda ilg‘or mutaxassislarni jalb qilish va ushbu navdagi uzum ko‘chatlarini olib kelish choralarini ko‘rilayotganligi bo‘yicha tushunchalar berildi.
✅ Takliflar yuzasidan;
📝"Oltiariq agro star" MCHJ tomonidan tashabbuskor fermer, dexqon xo‘jaliklarga  imtiyozli kredit asosida sug‘orish tizimini joriy qilish xamda uzumzorlarni vegetatsiya davrida kassalliklarga qarshi ishlov berish borasida amaliy yordam berishi xamda navlarini jaxon bozori talablariga mos keladigan uzum ko‘chatlarni yetishtirishni va agrotexnik tadbirlar o‘tkazishda doimiy xamkorlik masalalari bo‘yicha kelishildi.
Ushbu ishlar amalga oshirish yaunlanganidan so‘ng bajarilgan ishlar bo‘yicha subsidiyalar ajratilishi tushuntirildi. Sug‘orish tizimi tashkil etishda tegishli tashkilotlar xulosalari xamda tajribali ta’minotchi xizmatidan foydalanish ish samarasi oshishiga xamda xarajatlarni minimallashtirishda asosiy omil xisoblanishi tushuntirildi. ✅