♻️ “Oltiariq Agrostar” MChJ uzumchilik maktabida Germaniya davlatining “SUFАCHEYN” kompaniyasining Oʼzbekiston va Qirgʼizistondagi mutaxassislari Sapaev Daniyar va Qalandarova Nargizalar ishtirokida oʼquv-seminari boʼlib oʼtdi. 
Oʼquv seminar yuzasidan;
📝 Bugungi kunda dunyodagi global iqlim oʼzgarishi, suv taqchilligi xamda xavoning global isishi boʼyicha kompaniya mutaxassislari tomonidan tushunchalar berib oʼtildi. 
Bugungi kunda dexqonchilikda nimalarga koʼproq eʼtibor berish boʼyicha dexqonlar va mutaxassislar oʼrtasida savol-javoblar boʼlib oʼtdi.
📝" Oʼquv-seminari ishtirokchilari “Oltiariq Agrostar” MChJ tomonidan tashkil etilayotgan oʼquv seminar tadbirlaridan, oʼzlariga bilim va koʼnikmalarini oshirib borayotganliklaridan minnatdorchiliklarini bildirib, xuddi shunday seminarlar koʼproq tashkil etilishi boʼyicha takliflar berishdi.