♻️ Oltiariq tumanida “Oltiariq Agrostar” MChJ tomonidan uzumchilik agromajmuasini tashkil etish loyihasi boʼyicha 2025 yil 25 iyun kuni Respublika Аsaka bank АJ raisi Q.Tulyaganov tashrif buyurib uchrashuv boʼlib oʼtdi. 
Uchrashuvda Fargʼona viloyat Uzdaverloyixa raxbari Q.Niyozov, Oltiariq tuman xokimi Sh.Turdaliev, “Oltiariq Agrostar” MChJ raxbar va mutaxassislari, Fargʼona viloyat Аsaka bank АJ filiali boshligʼi M.Xodjaev, bank boʼlim boshliqlari, Zilol, Shalola, Boʼrbonliq MFY raislari va ushbu xududdagi Nuroniy otaxonlar qatnashdilar. 
Tashrif yuzasidan;
📝 “Oltiariq Agrostar” MChJ tomonidan uzumchilik agromajmuasini tashkil etish uchun Zilol MFY xududidan 4.94 gektar maydon auktsionda 360 mln soʼmga 23 iyun kuni sotib olindi. 
Аgromajmuaning namunaviy loyixasi ”Oltiariq Agrostar” MChJ tomonidan ishtirokchilarga tanishtirildi. Ushbu loyixada 0.20 maydonda agromajmua binosi, 4.7 gektar maydonga maxalliy va xorijiy uzum koʼchatlari yetishtirish plantattsiyasi, sertifikatli mineral oʼgʼitlar va oʼsimliklarni ximoya qilish preparatlarini yetkazib berish savdo shaxobchasi, axoliga arzonlashtirilgan texnika xizmati koʼrsatish uchun 4 dona mini texnikalar, dori purkagichlar, labaratoriya faoliyati, 500 tonnalik sigʼimga ega muzlatgichli omborxona, logistika markazi, yashik ishlab chiqarish sexi qurilishi rejalashtrilgan.
📝" Respublika Аsaka bank АJ raisi, Fargʼona viloyati xokimi bilan uchrashib, agromajmuani tez fursatlarda, yaʼni avgust oyining oxirlariga foydalanishga topshirishni kelishib olganligini taʼkidlab, loyixalash ishlari boshlanganligini aytib oʼtdi.