♻️ "Oltiariq-Аgrostar” MChJ mutaxassislari xamda Fargʼona viloyati oʼsimliklar karantini va ximoyasi boshqarmasi fitosanitariya labaratoriyasi mutaxassislari tomonidan 24.06.2025 yil kuni Oltiariq tumanidagi axoli xonadonlari tomorqa yerlaridan tuproq namunalari olindi.
Namuna taxlil olish jarayonida takliflar yuzasidan;
📝 Tumanidagi axoli xonadonlari tomorqa yerlaridan tuproq namunalari-taxlillari natijasida yetishtirilayotgan uzum maxsulotlarini jaxon bozorlari talablariga mos ravishda yetishtirish, yetishtirilgan uzum maxsulotlarini eksport qilish maqsad qilingan.
“Oltiariq agro star" MChJ xonadon egalari bilan uchrashuv jarayonida xozirgi kunda uzum yetishtirishda mavjud muammaolar va takliflar boʼyicha suxbat boʼlib oʼtkazildi.
Takliflar yuzasidan;
📝" Xonadon egalari tomonidan uzum yetishtirishda kasalliklarga qarshi kurashishda qoʼllanilayotgan kimyoviy peraparatlar xamda maxsulot yetishtirishda aʼzotli fosforli, kaliyli oʼgʼitlarni labaratoriyadan oʼtkazilganligi ishonchli boʼlishini, olingan tuproq taxlillarni xonadon egalariga bepul oʼtkazilayotganligini, “Oltiariq agro star" MChJni olib borayotgan ishlaridan minnatdorligini bildirib, kelgusida domiy xamkorlik qilish taklifini kiritishdi.
“Oltiariq agro star" MChJ tomonidan kelgusida uzum maxsulotlarini eksport darajasida yetishtirish, tuman axolisiga xizmat koʼrsatish uchun agromarkaz tashkil etilishi, agromarkazda uzum kasaliklarini aniqlash, agrotexnik tadbirlarni oʼz vaqtida olib borish uchun arzonlashtirilgan narxlarda texnika xizmatlari xamda tuproq-taxlil labaratoriyalari tashkil etilganligi, yetishtirilgan uzum maxsulotlarini eksport qilishda koʼmaklashish boʼyicha kelishib olindi.