Seminarda Ispaniya, Gretsiya va Turkiyadan tashrif buyurgan soha vakillari, xalqaro toifadagi biznes konsultant, olim-agronom G‘olibjon Mahmudov, Farg‘ona viloyati Asaka bank AJ vakillari, tuman nuroniy ustoz dehqonlari, fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari ishtirok etdi.

Tadbirda “Oltiariq Agro Star” MCHJ rahbari Umidjon Bozorov tuman hududida parvarishlanayotgan uzum hosillarining eksportbopligi va ularni jahon bozoriga muntazam yetkazib berish masalalari haqida so‘z yuritdi.

Seminar davomida olim-agronom G‘. Mahmudov uzum yetishtirishda agrotexnik tadbirlar, vegetatsiya davridagi kasalliklarga qarshi ishlov berish, kimyoviy o‘g‘it va preparatlardan to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida foydalanish zarurligi haqida formulalar asosida tushuntirish berdi.

Shuningdek, Ispaniya, Gretsiya va Turkiyadan kelgan uzumchi dehqonlar “Oltiariq Agro Star” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. Kelgusida kompaniya bilan hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.